Inter Nation English School – Yunusobod filiali BRRAUF mebel tomonidan filial interyeri uchun kompleks LMDF yechimlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Loyiha doirasida xoll, zinapoya va support zonalari devorlari LMDF bilan qoplandi, bo‘yalgan dekorativ panellar hamda yoritgichli dizayn elementlari qo‘llanildi. 10 ta o‘quv xonasida devor obshivkalari, UV bosma ishlari va o‘quv shkaflari o‘rnatildi. Resepshn zonalari zamonaviy, toza dizayndagi LMDF mebellar bilan jihozlandi. Printer zonalari va shkaflar HETTICH furnituralari asosida tayyorlandi. Shuningdek, maket stendi (akril oynali), oshxona zonasi, garderob va sanuzel hududlari ham LMDF asosida funksional va estetik yechimlar bilan ta’minlandi. Eshiklar LMDF materialida bajarilib, mos furnituralar bilan o‘rnatildi. Loyiha yakunida barcha ishlar belgilangan standartlar asosida sifatli va tartibli tarzda topshirildi.