ORTA INTEGRATA — bu interyerga mukammal integratsiya qilingan shkaf tizimi bo‘lib, eshik bilan yagona kompozitsiyada ishlangan zamonaviy yechimdir. Dizaynning asosiy g‘oyasi — makonni vizual jihatdan soddalashtirish va barcha elementlarni yagona arxitektura ichiga “yashirish”.
Markaziy eshik shkaf blokiga integratsiya qilingan bo‘lib, bu yechim interyerda minimalizm va premium estetikani ta’minlaydi. Yuqori qismdagi modul shkaflar esa qo‘shimcha saqlash hajmini beradi va butun devor bo‘ylab maksimal funksionallikni yaratadi.
Toza fasadlar, vertikal tutqichlar va neytral rang yechimi makonni kengroq va tartibli ko‘rsatadi. Ushbu model ayniqsa zamonaviy va klassik interyerlar kombinatsiyasida juda samarali ishlaydi.
Mahsulot yuqori sifatli LMDF, shponlangan yoki bo‘yalgan MDF materiallardan tayyorlanadi. Ichki konfiguratsiya (polkalar, yashirin bo‘limlar, tortmalar) mijoz ehtiyojiga qarab individual tarzda ishlab chiqiladi.
Qo‘shimcha:
• Narx va ishlab chiqarish muddati loyiha hajmiga qarab belgilanadi
• Loyihalar uy va xona o‘lchamiga moslashtiriladi
• Dizayn, rang va komplektatsiya individual tarzda sozlanadi
• Ushbu rasmdagi kabi to‘liq dizayn va realizatsiya amalga oshirilad
Mahsulot:
Shkaflar
Kategoriya:
Xonadon mebellari
SKU: prod00112211