Vakansiya haqida
Biz korpusli mebel ishlab chiqarish korxonasiga BAZIS dasturida professional ishlay oladigan konstruktor qidirmoqdamiz.
Talablar
• BAZIS dasturi bilan ishlash boʻyicha amaliy tajriba
• Korpusli mebel konstruksiyasi va yigʻish mantiqini yaxshi tushunish
• Chizmalarni ustalar uchun xatosiz va tushunarli qilib tayyorlash
• ChPU stanoklariga maʼlumot chiqara olish
• Masʼuliyat, diqqat va belgilangan muddatlarga rioya qilish
VAZIFALAR
• Korpusli mebelni BAZIS dasturida toʻliq modellashtirish
• Ustalar mebelni yigʻishi uchun aniq va tushunarli chizmalar tayyorlash
• Detallar, furnitura va yigʻish tartibini chizmalarda toʻliq koʻrsatish
• BAZIS dasturidan ChPU stanoklar uchun fayl va maʼlumotlarni tayyorlash
• Oʻlchamlar, qirralar va texnologik talablarni toʻgʻri hisoblash
Biz taklif qilamiz
• Barqaror ish joyi
• Maosh: 7–14 mln soʻm (tajriba va natijaga qarab)
• Aniq vazifalar va real ishlab chiqarish jarayoni
• Professional jamoa va doimiy loyihalar