+998 78 333 77 78 Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko'chasi, 5A/5
Kompaniyamiz haqida

BRRAUF kompaniyasi 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lib, individual buyurtmalar asosida premium sifatli mebellarni loyihalash, ishlab chiqarish va o‘rnatishga ixtisoslashgan. Biz har bir mijozning ehtiyoj va dididan kelib chiqib, yuqori sifatli, zamonaviy va innovatsion yechimlarni taklif etamiz. Asosiy maqsadimiz — eng dadil va murakkab g‘oyalarni ham mukammal tarzda ro‘yobga chiqarish, har bir loyihada yuqori darajadagi sifat va kasbiy yondashuv orqali mijoz ishonchini qozonishdir.
Ishlab chiqarish jarayonida biz faqat sifatli materiallar va ishonchli furnituralardan foydalanamiz:

• Shpon — AQSh, Italiya, Turkiya va boshqa Yevropa davlatlaridan import qilinadi.
• Furnitura — Highgold, Blum, Hettich kabi xalqaro premium brendlar asosida tanlanadi.
Biz har bir loyiha uchun individual yondashuvni qo‘llagan holda quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqaramiz:
• Korpusli mebellar, loft uslubidagi mebellar, ofis mebellari, yumshoq mebellar, Ichki eshiklar, devorga o‘rnatiladigan dekorativ panellar

Kompaniyamiz haqida
Kompaniyamiz haqida

Shuningdek, nostandart va murakkab dizaynlar uchun ham funksional va estetik jihatdan mukammal yechimlar taklif etamiz.
BRRAUF mebelda ishlab chiqarilgan har bir mahsulotga rasmiy kafolat beriladi — biz o‘z mahsulotlarimiz sifatiga to‘liq ishonamiz.
Bundan tashqari, o‘z vaqtida yetkazib berish va montaj jarayonlariga alohida e’tibor qaratamiz: belgilangan muddatlarga qat’iy amal qilamiz va o‘rnatish ishlarini silliq hamda tartibli tarzda amalga oshiramiz.
Biz mijozlarga to‘liq xizmat ko‘rsatamiz — o‘lchov olishdan boshlab dizayn, ishlab chiqarish va montajgacha bo‘lgan barcha jarayonlar yagona boshqaruv ostida olib boriladi.

Bizning Jamoa
Bizning professional jamoamiz sizga eng yaxshi xizmat va sifatli maslahat berishga tayyor.
Kompaniyaning oliy maqsadi

Yuqori sifat va servis orqali mijozlarni ishonchini qozonib, qulaylik yaratgan holda hayotlariga quvonch ulashamiz!

Qadriyatlari

• Mijozlarning roziligi puldan muhim
• O'zimizga ravo ko'rganimizni, boshqalarga ham ravo ko'ramiz
• Har bitta xodimni rivojlantirish orqali doimiy rivojlanamiz

ISHLASH TIZIM TARTIBI

Buyurtmani qabul qilishdan buyurtmachiga topshirishgacha bo‘lgan to‘liq jarayon. Biz har bir loyihani aniq reglament asosida, bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Har bir jarayon nazorat qilinadi va keyingi bosqichga faqat tasdiqdan so‘ng o‘tiladi.
1. Buyurtmani qabul qilish (2 ish kuni)
Loyiha mijoz ehtiyojlarini chuqur o‘rganishdan boshlanadi. Talab va xohishlar tahlil qilinadi, dizayn bilan tanishiladi va texnik jihatdan baholanadi. Shundan so‘ng aniq hisob-kitob asosida tijorat taklifi (KП) tayyorlanadi.
2. Shartnoma va to‘lov (1 ish kuni)
Kelishilgan shartlar asosida rasmiy shartnoma tuziladi. To‘lov amalga oshirilgach, loyiha ishlab chiqarish jarayoniga rasmiy ravishda kiritiladi.
3. Texnik topshiriq (ТЗ) tayyorlash (6 ish kuni)
Loyihaning texnik asosi shakllantiriladi.
Avval texnik savollar ro‘yxati tayyorlanadi, mijozdan batafsil javoblar olinadi va yakuniy, aniq texnik topshiriq ishlab chiqiladi. Bu bosqich keyingi jarayonlarning xatosiz bajarilishini ta’minlaydi.
4. Rejalashtirish va ishlab chiqarish (2 ish kuni)
Buyurtmani bajarish jarayonlari ichki reja asosida taqsimlanadi. Zarur hollarda outsors xizmatlar bo‘yicha shartnomalar tuziladi va vazifalar mas’ullarga biriktiriladi.
5. Konstruktor chizmalarini tayyorlash (7 ish kuni)
Loyiha joyiga borilib, aniq o‘lcham olinadi. Shundan so‘ng ishlab chiqarish uchun konstruktor chizmalari tayyorlanadi va barcha texnik parametrlar hisobga olinadi.
6. Buyurtmani tasdiqlatish (1 ish kuni)
Yakuniy chizma (Базис dasturi asosida) mijoz bilan kelishiladi va rasman tasdiqlanadi. Tasdiqsiz ishlab chiqarish boshlanmaydi.

ISHLASH TIZIM TARTIBI

7. Homashyolar xaridi (2 ish kuni)
Tasdiqlangan loyiha asosida zarur materiallar xarid qilinadi: laminat, kromka, furnitura va boshqa komplektatsiyalar. Xarid jarayoni sifat va moslik bo‘yicha tekshiriladi.
8. Ishlab chiqarish (9 ish kuni)
Buyurtma ishlab chiqarish jarayoniga o‘tkaziladi.
Jarayon laminat sehi va malyarka sehida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir operatsiya ichki nazoratdan o‘tadi.
9. Outsors xizmatlarni qabul qilish (2 ish kuni)
Tashqi pudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar qabul qilinadi va sifat nazoratidan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng mahsulot nazorat yig‘ish bosqichiga topshiriladi.
10. Nazorat uchun yig‘ish (контрольная сборка) (10 ish kuni)
Mahsulot to‘liq yig‘ib ko‘riladi. Bu bosqichda barcha elementlar mosligi, mexanizmlar ishlashi va texnik aniqlik tekshiriladi.
11. Qadoqlash (2 ish kuni)
Mahsulot tartibga keltiriladi va tashish jarayonida zarar ko‘rmasligi uchun maxsus qadoqlanadi.
12. Yetkazib berish (1 ish kuni)
Buyurtma belgilangan manzilga yetkaziladi. Logistika jarayoni oldindan rejalashtiriladi.
13. O‘rnatish va topshirish (10 ish kuni)
Mahsulot obyektga o‘rnatiladi va yakuniy tekshiruvdan so‘ng mijozga topshiriladi. Loyiha rasman yakunlanadi.
Umumiy muddat : ~ 55 ish kuni
Chizmalar tasdiqlangandan keyin: ~ 36 ish kuni